O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, sotuvchi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlar yaratiladi.

Qarorga ko‘ra, agar bozorda ustun mavkega ega sotuvchida o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotida ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega bo‘ladi.

 O‘zA