Raqamli texnologiyalar vazirligida eng ilg‘or startap loyihalarini aniqlashga bag‘ishlangan “President Tech Award” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar sohadagi ilg‘or tendensiyalarni aks ettiruvchi keng ko‘lamli g‘oyalar va ishlanmalarni taqdim etdilar.

Ekspertlar taqdim etilgan loyihalarni har tomonlama ko‘rib chiqdi, ularning zamonaviy jamiyatda amalga oshirish va real foyda keltirish imkoniyatlarini baholadi.

Tanlovning beshta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar 100 000 AQSH dollari, ikkinchi o‘rin olgan jamoalar 50 000 AQSH dollari va uchinchi o‘rinni olgan jamoalar esa 30 000 AQSH dollariga sazovor bo‘ladi.

N.Rahmonova, 
O‘zA