FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan festivalda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 700 nafarga yaqin yosh ijodkor yakka va jamoaviy tarzda klassika, vokal, milliy cholg‘ular, raqs va badiiy gimnastika, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Ta’kidlash kerak, iste’dodli yoshlarning ijodi hamda tashabbusini keng ommaga namoyish etish, ularni rag‘batlantirish maqsadiga qaratilgan tanlovning quyi bosqichida 7 mingga yaqin o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar