FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida RCA xalqaro PLAS-Forumi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, top-menejerlar va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Forumda elektron tijorat sohasidagi innovatsion yechimlar, sun’iy intellekt va zamonaviy chakana savdo, logistika va kadrlar tayyorlash siyosati, samarali netvorking kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Ma’ruzachilar va delegatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga foyda keltiradigan qiziqarli yechimlar va muvaffaqiyatli ishlarni muhokama qildi.

Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA