Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlarining amalga oshirilishi joylarda ko‘rkam bog‘larning bunyod etilishiga omil bo‘lmoqda.

Xabar berganimizdek, poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha “World Series Pro” xalqaro turnirida ishtirok etish uchun 20 dan ziyod davlatlarning kurash federatsiyalari vakillari, sportchilar shu kunlarda yurtimizda bo‘lib turibdi.

Bugun mazkur nufuzli turnir ishtirokchilari Toshkentda barpo etilayotgan “Kurashchilar bog‘i”ga ilk nihollarni o‘tqazdi.Ko‘chat ekish tadbirlarida IKA vitse-prezidenti, Afrika Kurash ittifoqi prezidenti Tomas Dunker, IKA administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev, O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillari Baxtiyor Qodirov, Sardor Karimov, Misr, Qirg‘iziston, Singapur, Meksika kurash federatsiyasi mutasaddilari, IKA va KCAO texnik direktorlari, hakamlar, murabbiylar va kurashchilar ishtirok etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA