BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya ijrochi kotibi Ibrohim Tiau boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining (UNCCD) bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida tashkil etilgan tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari Orol dengizining qurigan tubida cho‘llanishga qarshi kurashish va himoya o‘rmon plantatsiyalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan  ishlar ko‘lami bilan tanishdi. Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazi direktori B.Habibullayev mehmonlarga innovatsion markaz faoliyati haqida axborot berdi.

Delegatsiya a’zolari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

* * *  

Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Ellikqal’a tumani bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy qiyofadagi yangi binoda ishchi- xodimlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Bino qurilishida 4 milliard 300 million so‘mlik ishlar amalga oshirildi.

Tadbir ishtirokchilari yangi binoda ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

* * *  

Beruniy tumani markazidan qariyb 40 kilometr olisdagi Oltinsoy ovulida so‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlik sohasiga berilayotgan imtiyoz va subsidiyalar natijasida doimiy ish o‘rinlari yaratilib, aholining ish bilan bandlik darajasi ortmoqda. Jumladan, hudud hokim yordamchisi tomonidan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida “Izzatbek-Ibratbek 777 OK” MCHJ tomonidan oziq-ovqat va nooziqovqat mahsulotlari sotuvi bilan shug‘ullanadigan do‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  “Darixa-Gulbonu” MCHJ tomonidan 66 million so‘m imtiyozli kredit evaziga novvoyxona ishga tushirildi. Natijada yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Yil boshidan 152 nafar fuqaroga 4 milliard 75 million so‘m imtiyozli kredit berildi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri