Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning inson resurslarini rivojlantirishga mas’ul idoralar rahbarlarining II yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonning inson resurslarini rivojlantirishga mas’ul idoralar rahbarlari, 30 nafarga yaqin vakillari, mamlakatimizdagi vazirlik, idoralar, hokimliklarning Kadrlar bilan ishlash bo‘linmalar rahbarlari, xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O. Hasanov va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Sadi Jafarov so‘zga chiqdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari