Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan yana ikki nafar sportchi aksil doping qoidasini buzgani uchun musobaqadan chetlatildi. Bu haqda xabar tarqatgan Xalqaro test agentligi ularning biri Saudiya Arabistoni, ikkinchisi Filippin sportchisi ekanini tasdiqladi. Saudiyalik uzoq masofaga yuguruvchi Muhammad Yusuf Al-Asiriy va filippinlik tog‘ velosipedchisi Ariana Evangelista taqiqlangan modda qabul qilgani nazorat chog‘ida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston terma jamoasi a’zosi, bokschi Muhammad Haybar Nuristoniy doping tufayli o‘yinlardan chetlatilgan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA