Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Rustam musobaqada -97 kg vazn toifasida ishtirok etdi va bronza medali uchun o‘tgan bahsda qozog‘istonlik Islam Umayev ustidan g‘alaba qozonib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.

Rustam Assakalov shu kunga qadar Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA