Xitoy mezbonligida o‘tayotgan qit’amiz o‘yinlarining yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslari biz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Safina Sa’dullayeva oltin, Svetlana Radzivil esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Qiziqarli jihati shundaki, ikki sportchimiz bellashuvda bir xil 1.86 metr balandlikni zabt etdi. Biroq medallarni taqsimlash esa urunishlari soniga qarab berildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA