Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qorao‘zak va Chimboy tumanlaridagi “Tashabbusli byudjet” va boshqa dasturlar asosida ob’ektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, shuningdek, joylarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

Jumladan, Chimboy tumanida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini barvaqt olish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilib kelinayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shaxsiy tarkib va mas’ul idoralar ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, tumanda tungi vaqtda jamoat tartibini saqlash uchun yo‘naltirilgan ichki ishlar, Milliy gvardiya, prokuratura va jamoatchilik vakillarining yo‘nalishlari jinoyat o‘choqlaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanib, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida “mahalla beshligi”ning vazifalari tushuntirildi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri.