“Xanchjou – 2022” XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.
Unda dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev hamda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, “Tokio – 2020” Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Zaynab Dayibekova O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA