AQSH ma’muriyati Moskvadagi elchixonasi birinchi va ikkinchi kotiblarining Rossiyadan chiqarib yuborilishini asossiz, deb hisoblaydi va kechiktirmasdan bunga javob beradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni “AQSHning Moskvadagi elchisi Linn Treysini ikki amerikalik diplomat “persona non grata” – nomaqbul shaxs, deb e’lon qilingani to‘g‘risida xabardor qildi”.
Avvalroq elchixonada ishlaydigan rossiyalik yollanma xizmatchi media roliklar taqdim etgani uchun hibsga olingani aytilgan edi.
“Rossiya yana konstruktiv diplomatik hamjihatlik o‘rniga qarama-qarshilik va keskinlikni afzal ko‘rdi. Afsuski, Moskva hanuz AQSH “elchixonasi xodimlarini ta’qib etmoqda. Biz amalni javobsiz qoldirmaymiz, ular kutsinlar”, deb qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.
Amerikalik ikki diplomat yetti kun ichida Rossiyani tark etishi kerak.