Qoraqalpog‘istonda boshlangan “Salomatlik oyligi” doirasida yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilib yuragida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarni sog‘lom hayotga qaytarish maqsad qilingan.
Bugun Bolalar milliy tibbiyot markazining mutaxassislari hamda AQSHlik bolalar kardiojarrohi, professor Uilyam Novik boshchiligida bir guruh mutaxassislar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tibbiyot instituti klinikasiga keldi.
Ushbu loyihada Bolalar milliy tibbiyot markazidan 10, AQSH dan 20 , Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutidan 60 ga yaqin shifokor, pedagoglar, klinik koordinatorlar, magistrlar, doktorantlar va 6-kurs talabalari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida yuragida nuqsoni bor bo‘lgan bemor bolalar to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, ulardan operatsiya qilinishi zarur bo‘lganlari saralab olingan edi.
M.Qosimova, O‘zA