O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan hududdagi mavjud suv xo‘jaligi ob’ektlari va ichki avtomobil yo‘llarini xatlovdan o‘tkazish ishlari yakunlandi.
Amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy bosqichi sifatida aholi punktlarida mavjud yerlarni xatlovdan o‘tkazish uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 409 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘llar xatlovdan o‘tkazilib, “Uzkad” tizimi orqali kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri