O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi tomonidan 1002 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi “Barsakelmas” hamda “Jasliq” hududlariga qo‘yib yuborildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2017 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” hamda xalqaro “Qizil kitobi”ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ushbu noyob qushdan 15 ming 753 boshi tabiatga qo‘yib yuborilgan.
Bu qushlar O‘zbekistonda asosan Qizilqum cho‘lida, undan tashqari Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkaz orti, Misr, G‘arbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda uyalaydi. G‘arbiy Osiyo janubidagi Hindiston davlatida qishlaydi. Yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga noyob tur sifatida kiritilgan.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri