Sergak bojxonachilar tomonidan inson ongini zaharlab, uning salomatligiga jiddiy putur yetkazuvchi, jamiyat kelajagiga bolta uruvchi psixotrop dori vositalarini noqonuniy tarzda mamlakatimiz hududiga olib kirish holatlariga chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Qozog‘iston Respublikasi orqali kirib kelgan “Lada-Largus” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan avtotransport salon qismining tepasidagi “bardachok”da turgan oq rangli paket ichida har biri 10 mg.dan bo‘lgan 8 ta qutida jami 400 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositasini hech qanday hujjatlarsiz Rossiya Federatsiyasidan respublikamiz hududiga olib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA