Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyaning yalpi majlisida so‘zga chiqqan qo‘shni, qardosh respublikalar delegatsiyalari rahbarlari o‘z mamlakatlari misolida butun mintaqamiz kelajagini, xalqlarimiz farovonligi ta’minlash uchun kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Аскарбек Джаныбеков: Кыргызстан buдет обеспечиvaть себя не тремя, а семью  продуктами | ИНФОМИР

Asqarbek Jonibekov, Qirg‘iziston qishloq, suv xo‘jaligi va mintaqaviy rivojlanish vaziri:

– Jahon banki statistikasiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish dolzarbligi tobora ortmoqda. Ma’lumki, agrosanoat sohasida sertifikatsiya va muvofiqlashtirish eng muhim unsurlardan hisoblanadi. Masalan, Qirg‘izistonda ish bilan mashg‘ul kishilarning 23 foizi sanoatda band. Shuning 15 foizi agrosanoat majmuasiga to‘g‘ri keladi. Umuman, mamlakat aholisining 65 foizi qishloqda istiqomat qiladi. Ishlov beriladigan yerlar 50 foizni tashkil etadi.

Qirg‘iziston hukumati mutasaddilar oldiga 2025 yilgacha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga mo‘ljallangan yerlarning 50 foizini foydali maydonlarga aylantirish vazifasini qo‘ygan.

Bu borada keyingi yillarda sezilarli ishlar amalga oshirildi, albatta. Masalan, oxirgi ikki yilda mamlakatimiz aholisini bug‘doy bilan ta’minlash 50 foizdan 70 foizga, shakar yetkazish 40 foizdan 50 foizga ko‘tarildi. Binobarin, bu ko‘rsatkich mavjud imkoniyatga nisbatan yetarli emas, importni kamaytirishimiz kerak.

Istiqbolda biz go‘sht sut, don mahsulotlari bo‘yicha yirik eksportyor davlatga aylanishni maqsad qilganmiz.

Qurbon Hakimzoda, Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri:

– Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash BMT Barqaror rivojlanish maqsadiga hamohang. Qolaversa, koronavirus pandemiyasi ham ushbu masalaga e’tiborni, xususan aholining kambag‘allashuvi darajasi ortishiga qarshi kurashni kuchaytirish lozimligini ko‘rsatdi.

Tojikistonning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasida ayni jihatlar qat’iy e’tiborga olingan. Bizga barqaror rivojlanish bo‘yicha integratsiyalashuv juda zarur. Aholi, inson kapitali o‘sib borishi, suvdan samarali foydalanish muammosi, mavjud yer maydonining 70 foizi hosildorligini ta’minlash suvga bog‘liq. Demak, suv resurslari xavfsizligi masalasi yechimini global tarzda ko‘rib chiqish vaqti kelgan. Bu nafaqat Tojikiston, balki butun mintaqa uchun dolzarb.

Ayni payt hukumatimiz 20 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi bilan suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha ish olib boryapti.  Bor imkoniyat, sa’y-harakat shunga yo‘naltirgan.

G‘ayrat Xonnazarov, G‘olib Hasanov yozib oldi.

Nosirjon Haydarov, Alisher Isroilov (surat),

O‘zA