Ukrainada qizamiq epidemiyasi

Kiyev shahrida qizamiq bilan kasallangan aholi soni kun sayin oshib bormoqda.
Joriy yilning aprel oyida Kiyev shahrida 722 nafar aholi qizamiq bilan kasallangani qayd etildi.
fakty.ua tarqatgan xabariga ko‘ra, Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi yil boshidan buyon Ukrainada 12828 nafar fuqaro qizamiqqa chalinganini ta’kidladi. Ularning soni 24 aprel va 2 may oralig‘ida 1143 nafarga ko‘paygan.
Bu oldingi haftadagi ko‘rsatkichlardan oshib ketgan, unda kasallikning avj olishi natijasida 1070 nafar fuqaro qizamiqqa chalingan edi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda kasallikka chalinganlarning aksariyati katta yoshdagilardir bo‘lib, ular 595 nafarni, bolalar esa 548 nafarini tashkil etadi.
Eng yuqori kasallanish darajasi hali ham Ivan-Franko viloyatida yuqoriligicha qolmoqda, unda kasallanganlar soni 2034 nafarni, eng kam kasallanganlar esa Lugansk viloyatida 6 nafarni tashkil etadi.
Umida Qurbonova