Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt qiymati o‘zgarmasa, talabalar uchun beriladigan stipendiya miqdori oshirilishi mumkinmi?

Mazkur savol yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Ne’matov quyidagilarni ma’lum qildi.

–Mamlakatimizda talabalarni ijtimoiy himoya qilish masalasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, – deydi Sherzod Ne’matov. – Xususan, OTMlarda kontrakt summasining o‘zgarishsiz qoldirilishi ham shular jumlasidan.

Aholining oylik ish haqi va pensiyasi, talabalarning stipendiya miqdori kabi to‘lov turlari bir-biriga differensial ravishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinadigan masala hisoblanadi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida juda ko‘p nomdor stipendiyalar turi joriy etilgan. Bu kabi stipendiyalar bundan mustasno. Faqatgina umumiy xarakterga ega bo‘lgan stipendiyalargagina Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA