Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Qayd etilganidek, joriy yilgi muloqot arafasida tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ular ko‘targan asosiy masalalar – kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish (jami murojaatlarning 26 foizi), biznesni joy va infratuzilma bilan ta’minlash (21 foiz), soliq tizimini soddalashtirish (10 foiz), tekshirishlar va ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirish (8 foiz) bilan bog‘liq.

Oldingi ochiq muloqotlarga tayyorgarlik davomida ko‘tarilgan masalalarning 80 foizi individual xususiyatga ega bo‘lib, ko‘plari joyida hal qilingan edi. Bu safar 70 foiz tadbirkorlar tizimli muammolarni yechimlari bilan taklif qilishmoqda.

–Tadbirkorlarimiz faqat o‘ziga emas, butun sohaga naf keltiradigan masalalarni ko‘tarayotgani quvonarli, – dedi davlatimiz rahbari.

Ochiq muloqot natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarda bularning barchasi inobatga olinishi ta’kidlandi.

 

O‘zA