Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari qayd etganidek, 2023 yil olti oyida tekshirishlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Ya’ni, tadbirkorlar to‘g‘ri ishlash “soyada ishlashdan” afzal ekanini tushunib yetmoqda. Shuning uchun ham soliq hisobotlarini topshirish va kameral tekshirish natijalari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llash bekor qilindi.

Umuman, o‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko‘paydi, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oshib, 10 mingga yetdi. Yirik korxonalar soni esa bir yilda 400 taga ko‘payib, 1,5 mingta bo‘ldi.

Berilgan yengilliklardan foydalanib, bir yilda 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oshdi. Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetdi.

Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlardan keyin so‘nggi ikki yilda korxonalarimiz tomonidan 25 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilindi va avval import qilingan 10 milliard dollarlik mahsulotni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zA