Amerika Qo‘shma Shtatlari raisligida 24 avgust kuni Ukraina bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Amerika missiyasi saytida chop etilgan “Raislikning rejalashtirilgan dasturi”da aytilgan.
Hujjatda uchrashuv kunning birinchi yarmida o‘tish ham belgilangan.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy AQSH tomonidan taklif etilgan tashkilot Xavfsizlik kengashining avgust oyidagi ish dasturini Moskva qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgandi.
O‘zA