Sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Turkmaniston “Kaspiy ekologik tashabbusi”ni ilgari surish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha, Turkmaniston Kaspiy atrof-muhitini muhofaza qilish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha mazmunli va professional hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kaspiy ekologik tashabbus” xalqaro platformasini taklif qilmoqda. Bunda biologik resurslarni muvofiqlashtirish, shuningdek qator ekologik muammolarni hal etish nazarda tutiladi.
Turkmaniston qarorgohi Ashxobodda joylashadigan Markaziy Osiyo mamlakatlarida suvdan foydalanish bo‘yicha BMT mintaqaviy kengashini tuzish taklifini ham ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi. Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va yaxshi qo‘shnichilikni saqlash, shuningdek, mintaqadagi transchegaraviy daryolardan foydalanish mexnizmini yaratishga qaratilgan.