Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Toshkent viloyatidagi yangi imkoniyat va tashabbuslar Ohangaron tumani va Angren shahri misolida ko‘rib chiqildi.

Yangi imkoniyatlarni ishga solish orqali Ohangaron tumanida yil yakunigacha qo‘shimcha 180 million dollarlik 100 ta loyihani boshlash uchun barchasharoit yetarli.

Buning hisobiga 5 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil qilinadi va qo‘shimcha 40 milliard so‘m soliq tushumlariga zamin yaratiladi.

Angrenda esa 150 million dollarlik 80 ta loyihani amalga oshirish, 7 ming nafar aholini band qilish va qo‘shimcha 35 milliard so‘mlik soliq tushumi manbasini yaratish mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Umuman, Toshkent viloyatida ishlarni samarali tashkil qilish orqali yil yakuniga qadar 2 milliard dollarlik yangi loyihalarni boshlash, byudjetga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushirish uchun barcha imkoniyatlar borligi qayd etildi.

O‘zA