Xalqaro fazoviy stansiya (XFS)ga uchirilgan “Northrop Grumman” qurilmasining “Cygnus” yuk tashuvchi kemasi orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi, deya xabar berdi AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA).
Amaliyot “Antares” kuchaytirgichi tomonidan seshanba kuni AQSH sharqiy sohili vaqti bilan soat 20:31 da Virjiniya shtatila, Atlantika bo‘yida joylashgan “Uollops” parvoz maydonida bajarildi. Kemaning XKS bilan tutashuvi 4 avgustga rejalashtirilgan.
O‘sha kuni XFS “Canadarm-2” masofaviy manipulyator qo‘li orqali stansiyaga yaqinlashayotgan “yuk mashinasi”ni ushlaydi va Amerikaning “Unity” moduliga ulaydi. Stansiyaga jami 3,7 tonnadan ziyod yuk, jumladan, oziq-ovqat, ilmiy tadqiqot uchun o‘nlab asbob-uskuna, material yetkaziladi.
“Cygnus” ilk bor 2013 yil 18 sentyabrda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
O‘zA