2023 yil iyul oyi iqlim bo‘yicha rekord darajadagi eng issiq oy sifatida tarixdan joy olishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashgan muassasasi – Jahon meteorologiya markazi (JMM) “Copernicus Climate Change Service” xizmatiga tayanib xabar berdi.
Iyulning dastlabki uch haftasi rekord darajadagi eng issiq davr bo‘ldi. “Hozirgi bosqichda joriy yil iyul oyining o‘rtacha harorati avvalgi rekord – 2019 yil iyuldagidan sezilarli darajada oshib ketgani aniq. Bu holat shu iyulni tarixdagi eng issiq iyul va eng issiq oyga aylantiradi”, deyiladi JMM hisobotida.
Yuqori harorat “Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropaning katta qismidagi issiq to‘lqin bilan bog‘liq”. Oyning dastlabki 23 kunida Yer yuzasidagi havoning o‘rtacha harorati 16,95 darajani tashkil etdi. Bu “2019 yil butun iyul oyi davomida qayd etilgan 16,63 daraja Selsiydan ancha yuqori”.
JMM joriy yil 6 iyulda Yer yuzasida o‘rtacha kunlik global havo harorati “2016 yil avgustida o‘rnatilgan rekordan oshib, eng issiq darajani ko‘rsatgan” edi.
O‘zA