Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Prezident yig‘ilishni yakunlar ekan, endi hech kimning eskicha ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligini uqtirdi.  

–Bugungi yig‘ilishda jami 31 nafar mas’ul rahbar bo‘shatildi. Bundan keyin talab juda qattiq bo‘ladi. Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan bo‘shatilib, javobgarlikka tortilasizlar, – dedi davlatimiz rahbari.

Viloyat hokimlari ham har oyda hududidagi jinoyatchilik og‘ir bo‘lgan tumanlarda sayyor yig‘ilish qilib, holatni tanqidiy ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA