Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab bermoqda.

–Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug‘lashni eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etdik va bu borada katta o‘zgarishlarni boshladik. Yangi O‘zbekiston, bu – huquqiy davlat ekanligini yangilangan Konstitutsiyamizda ham muhrlab qo‘ydik.Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilishdan iborat, – dedi davlat rahbari so‘zining avvalida.

Birgina oxirgi ikki yil ichida huquq-tartibot faoliyatiga oid 10 ta qonun, 40 ga yaqin Prezident farmon va qarorlari, 60 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilingani qayd etildi.

Huquq-tartibot organlari, ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining oylik maoshi keskin oshirildi va ko‘plab imtiyozlar berildi.

Bevosita “mahalladagi beshlik” uchun 30 mingdan ortiq yangi shtatlar kiritildi.

 

O‘zA