Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqandga keldi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi mas’ullari, viloyat hokimligi vakillari kutib oldi.

Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Samarqanddagi muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarni ziyorat qilishi, shahardagi Turkiya bosh konsulxonasiga borishi ko‘zda tutilgan.

Dastlab mehmonlar Hazrati Xizr majmuasiga borib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duolar qilindi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari