Bugun Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Ganni egallab turgan lavozimidan bo‘shatdi. Uning o‘rniga Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi rahbari Van I tayinlandi. Bu haqda “Xinhua” agentligi xabar berdi.
Axborotda aytilishicha, bu qaror Pekinda o‘tayotgan 14-chaqiriq Xalq vakillari kengashi sessiyasida qabul qilingan.
Tegishli farmon XXR Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan. Kadrlar o‘zgarishi sababi aytilmagan.
Sin Gan tashqi ishlar vaziri sifatida 2022 yil 30 dekabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.