FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani «Sho‘raxon» ovul fuqarolar yig‘inida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda katta tajribaga ega ilg‘or fermer xo‘jaliklari talaygina. Ismoil Serjanov boshqarib kelayotgan “Chorvador” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ulardan biri.
Ushbu fermer xo‘jaligi har yili davlat xirmoniga paxta va g‘alla topshirish bo‘yicha shartnomani muvaffaqiyatli bajarib keladi. Bundan tashqari xo‘jalikda chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, baliqchilik tarmoqlari faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
– Xo‘jaligimizda 50 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda, – deydi fermer Ismoil Serjanov. – Dala ishlarini bajarish uchun 10 dan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikasi mavjud. Hozirda xo‘jaligimizda chorva mollari soni 90 tani, asalari boqiladigan qutilar 60 tani, parrandalar esa 400 tani tashkil qiladi. Shuningdek, 3 gektar maydonda uzumzor va 0,5 gektar yerda baliq yetishtiriladigan ko‘l tashkil qilingan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA