Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning iyun oyida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusidagi huquqiy aksiyasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar hamda monitoring ishlari davomida bir qator muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

–Jumladan, “Ko‘prik-qurilish” tresti unitar korxonasi “14-son ko‘prik qurilish otryadi”da ishlovchi A.A. va boshqa fuqarolarning ish haqlarini undirib berishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ish yurituvga qabul qilib olindi, – deydi Taxiatosh tumani adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Atabek Gulimbetov. – Murojaatni o‘rganish davomida xodimlarga tegishli ish haqi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan  mazkur korxonada ishlovchi xodimlarga 3 milliard 668 million so‘m ish haqi to‘liq undirib berildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA