FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi «Sho‘raxon» ovul fuqarolar yig‘inida 1 ming 330 xonadon bor. E’tiborlisi, ovul aholisi o‘z tomorqasida dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib, qo‘shimcha daromad topishda katta tajribaga ega.

Ovulda yashovchi 63 yoshli Ollabergan Sapayev tomorqasidagi 18 sotix yerda meva, poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirib, har yili o‘rtacha 15-20 million so‘m atrofida daromad olmoqda.

– Hozirda tomorqamdagi bog‘da 50 tupga yaqin nok, 20 tupga yaqin olma, 40 tupdan ortiq uzum va anorlar yetilib turibdi, – deydi keksa tomorqachi Ollabergan og‘a.  – Bundan tashqari bog‘ qator oralariga pomidor, sabzi, piyoz, kartoshka, bulg‘or qalampiri, tarvuz  va qovun ekkanman. Ko‘rib turganingizdek, pishiqchilik mavsumida hamma meva-cheva o‘zimizdan chiqadi. Bu ham ro‘zg‘orga baraka degani. Bir parcha yerni uvol qilmay, bog‘dorchilik qilayotgan ovuldoshlarimni ko‘rib, yanada quvonaman. Biz kabi keksalar esa yoshlarga o‘z tajribalarimizni o‘rgatib kelyapmiz.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA