Yaqinda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 5,7 mingdan ortiq qonun hujjatini buzish holatlari aniqlangan maqola va videoreportaj https://uza.uz/posts/495426 e’lon qilindi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligini mamlakatdagi eng ko‘p korrupsiya holatlari uchragan idora deb e’lon qildi…

Afsuski, bu vazirlik mansabdor shaxslarining tibbiyot tashkilotlariga litsenziya berish bo‘yicha yo‘l qo‘ygan boshqa qonunbuzarliklari ham yo‘q emas.

Ma’lumki, 2021 yil 14 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun bilan litsenziya berish sohasida qator ruxsat berish hujjatlari bekor qilindi, byurokratik jarayonlar liberallashtirildi.

Xususan, Qonunning 10-moddasi bilan yuridik shaxslarning alohida filiallari va vakolatxonalariga litsenziya berish oldingi tartibi bekor qilindi. Jumladan, unga ko‘ra, litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari tomonidan amalga oshirish: yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalar uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda yuridik shaxslar tomonidan avval olingan litsenziyalarda va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda vakolatli organlar tomonidan mazkur hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilgan holda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko‘rsatiladi.

Biroq, xususiy tibbiy tashkilotlarni ham o‘z ichiga olgan yuridik shaxslarning filiallariga litsenziya berish eski tizimini to‘xtatish o‘rniga Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenzilash boshqarmasi bugungi kungacha yuridik shaxslarning filiallariga litsenziya berish, bunday hatti harakatlarga rozi bo‘lmaganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llash amaliyotini davom ettirmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahridagi markazlashgan klinik-diagnostika laboratoriyasi” bo‘yicha «Intermed innovation» MCHJ QK Britaniya operatoriga nisbatan Operator filialida tibiy litsenziyaning bo‘lmagani bois, 90 million so‘m (300 BHM) jarima solinishi bunday holatning yorqin misolidir.

Bunda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy shifoxonaning namuna olish punktida operator jarimaga tortilgan va uning tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan amaldagi litsenziyasini bekor qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi №PQ-102-sonli qarori va loyiha hujjatlariga muvofiq, Operator Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi biriktirilgan 178 poliklinikaning har birida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, Toshkent shahrida markaziy laboratoriya va biomateriallarni qabul qilish punktlari filiallari ko‘rinishidagi markazlashtirilgan laboratoriya xizmati tizimini yaratgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 47-moddasiga ko‘ra, вакolaтхона yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir. Filial esa yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan, vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir.

Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular o‘zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va «Intermed innovation» MCHJ QK o‘rtasida 2021 yil 24 sentyabrda imzolangan Operatorlik kelishuvining 2.2 bandiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Operatsionnaya kompaniya, Konsession bitimning №12 – Ilovasidagi barcha muhim shartlarga rioya qilgan holda, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziya va ruxsatnomalarga egalik qiladi”, deb tasdiqlangan.

Operatorlik kelishuvi imzolangan paytda «Intermed innovation» MCHJ QK Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 178 poliklinikada laboratoriya faoliyatini amalga oshirish uchun №22947769 – sonli bitta litsenziyasi bor edi.

Operatorda bitta litsenziyaning bo‘lishi uchun Sog‘liqni saqlash vazirining №237 va 02 – sonli buyruqlari bilan Operator filiallarida ishlashni boshlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsat berishiga yetarlicha asos bo‘ldi.

Bu ajablanarli emas, chunki (yuqorida qayd etib o‘tilganidek) O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalar uchun alohida litsenziyalar olish talab etilmaydi, faqat bitta litsenziyaning o‘zi kifoya.

Qonunning ushbu talabiga qaramay, chamasi vazirlikning litsenziya berish boshqarmasi rahbari, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari janob U.Sobirov oldingi rejimda olishi mumkin bo‘lgan Operator filiallari uchun 178 litsenziya bo‘yicha kam tushum olgan va Operatorni filiallari uchun litsenziyalar olishga majbur qilgan.  Bu haqda janob U.Sobirov 2022 yil davomida Operatorga muntazam ravishda yuborgan vazirlikning yozma xabarida ma’lum qilgan.

2022 yilda Operator o‘z litsenziyasini qayta rasmiylashtirdi va mygov.uz elektron tizimi orqali Toshkent shahridagi 79 poliklinikani Operator filiallari sifatida kiritdi. Biroq, Operator 2022 yil noyabr oyida Toshkent viloyatidagi 99 poliklinikani  mygov.uz elektron tizimiga kiritish to‘g‘risida arizalar – bildirishnomalar berganda, davlat poliklinikalari uchun yangi litsenziya olish bo‘yicha rad javoblarini ola boshlagan.

2022 yil 10 okbyardagi №26538304-sonli bildirishnomaga birinchi rad javobi filiallar – poliklinikalar manzillarini noto‘g‘ri ko‘rsatilgani sabab bo‘lgan, №26511813-sonli ikkinchi rad javobi – uskunalar va moddiy texnik bazaning yo‘qligi (bunga poliklinikaning o‘zi javob beradi), № 31113797-sonli uchinchi rad javobi poliklinikalarda ajratilgan xonalarning sanitar talablariga mos kelmasligi, № 43129260-sonli to‘rtinchi rad javobi texnika bo‘yicha elektr texnika xavfsizligi hujjatlarining yo‘qligi, №43129261-sonli beshinchi rad javobi o‘lchov asboblarining yo‘qligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” qonunning 29-moddasiga muvofiq, “kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berishni rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Biroq, Operatorga arizalar – Toshkent viloyatidagi 99  poliklinikani yagona litsenziyaga kiritish bo‘yicha berilgan barcha rad javoblari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turlicha yangi sabablarga asoslangan. Ushbu sabablar bartaraf etilganda, rad javobi uchun yanada qiyin sabablar topilgan.

Operatorning litsenziyani qayta rasmiylashtirishida rad javoblari berishning sun’iy  tizimini yaratgan holda vazir o‘rinbosari U.Sobirov 2023 yil 1 martdagi №33-05606 –sonli o‘z qarori bilan «Intermed innovation» MCHJ QKни  Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy polinlinikasida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya yo‘qligi uchun 90 million so‘m miqdorida jarimaga tortdi.

Qayd etish joizki, qonunda ko‘rsatilganidek, filialdagi faoliyatni xabardor qilish tartibini buzganlik uchun emas, Operator filialida – Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya yo‘qligi uchun jarimaga tortilgan edi. U yerda laboratoriya emas, namuna olish punkti joylashtirilgan.

Yuqorida qayd etilganidek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasida filiallar uchun litsenziya olish bekor qilingan. Biroq, bu vazir o‘rinbosari, keyinchalik sud tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

«Intermed innovation» MCHJ QK joriy yilning 4 iyun kuni yuridik shaxsning filial uchun alohida litsenziya olish zarurati masalasiga oydinlik kiritish uchun Adliya vazirligiga murojaat qildi.

Adliya vazirligining 2023 yil 19 iyundagi №25/8-3/5-3490 yomza javobida “O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasiga ko‘ra, “Yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalar uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi”, deb aniqlik kiritdi.

Shu bilan, U.Sobirovning Operator filialida – Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 3-sonli oilaviy polinlinikasida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya yo‘qligi uchun 90 millionov so‘m miqdorida jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniy ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning PF-6257-sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”shi farmonida “ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda”, deyiladi.

«Intermed innovation» MCHJ QK vakolatli nazorat organlari Sog‘liqni saqlash vazirligining mansabdor shaxsi tomonidan yuridik shaxs filiallariga alohida litsenziyalarni noqonuniy talab qilish bo‘yicha aniqlangan qonunbuzarliklarga hamda bildirishnomalar – yuridik shaxslarning filiallar ochishga ariza topshirishda sog‘liqni saqlash davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida yuzaga kelgan o‘zboshimchaliklarga e’tibor qaratadilar, deb umid bildiradi.

«Intermed innovation» MCHJ QK

P.S:

 Mazkur murojaatda ham «Intermed innovation» mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasining yurtimiz aholisi manfaati yo‘lida sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiya kiritgani, salmoqli natijalarga erishayotgani, biroq ayrim mansabdor shaxslarning «o‘yinlari» qurboni bo‘layotgani qalamga olingan edi. Ammo, afsuski, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari bu chiqishlarga negadir panja orasidan qarab kelmoqda. Agar vazirlikda bu masalarlarga nisbatan biror asos bo‘lsa, javob qaytarishi kerak emasmi? Ikkinchi tomon fikri uchun O‘zA minbar berishga tayyor. Kutamiz.