Ostona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida ta’mirlash ishlari munosabati bilan “Uzbekistan Airways”ning Toshkent – Ostona va Ostona – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar jadvalida majburiy o‘zgartirish bo‘ladi.
Bu haqda Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 8 avgustga qadar “Toshkent – Ostona – Toshkent” yo‘nalishida qatnovlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari:
Toshkentdan uchish: 19:30 (Toshkent vaqti bilan)
Ostonaga yetib kelish: 22:30 (Ostona vaqti bilan)
Ostonadan uchish: 23:35 (Ostona vaqti bilan)
Toshkentga yetib kelish: 00:35 (Toshkent vaqti bilan).
Juma kunlari esa:
Toshkentdan uchish: 06:55 (Toshkent vaqti bilan)
Ostonaga yetib kelish: 09:55 (Ostona vaqti bilan)
Ostonadan uchish: 11:00 (Ostona vaqti bilan)
Toshkentga yetib kelish: 12:00 (Toshkent vaqti bilan).
O‘zA