“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Vengriya Prezidenti Katalin Novak kelasi oy Ukrainaga tashrif buyuradi.

Ukraina hukumati taklifini qabul qilgan Novak 23 avgust kuni Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Qrim platformasida qatnashadi, deya ma’lum qildi Prezident devonxonasi. Vengriya rahbari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashishi mumkin. U Ukraina poytaxtiga kelishidan oldin Zakarpatiyaga boradi. 20 avgust kuni vengrlar bilan birga qirol Stiven bayramini nishonlaydi.

Katalin Novak Zelenskiy bilan so‘nggi bor 2022 yil 26 noyabrda uchrashgan. O‘shanda u Polsha va Belgiya bosh vazirlari bilan birga Ukrainaga kelgan edi.