16 iyulda Quyoshda uchta kuchli portlash kuzatildi, ularning biri radioaloqalar buzilishiga sabab bo‘ldi, deyiladi akademik Ye.K.Fedorov nomidagi amaliy geofizika instituti saytida tarqatilgan xabarda.
“Birinchi portlash 14 daqiqa davom etgan va KV-radioaloqa uzilib qolishiga sabab bo‘ldi”, – deyiladi maqolada.
Kechga borib yana ikkita portlash qayd etilgan.
“16-17 iyul kungi koinot ob-havosi prognoziga ko‘ra, “portlash X sinfiga tegishli, jumladan, protonli bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Quyoshdagi portlashlar Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin. Natijada energotizimlar izdan chiqishi, qushlar va hayvonlar migratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, kuchli bo‘ronlar qisqa to‘lqinli aloqalarni ishdan chiqarishi va navigatsiya tizimlarining ishlariga ta’sir ko‘rsatishi hamda sanoat tarmoqlarida kuchlanish tushib ketishiga sabab bo‘ladi.