AQSH Ekologiya-prognozlashtirish milliy markazi 3 iyulni sayyoramiz harorati kuzatuvi tarixidagi eng issiq kun sifatida qayd etdi.

Jahon  meteorologlari ma’lumotiga ko‘ra, Yerda o‘rtacha harorat bu qadar ko‘tarilishi kuzatuv boshlangan 1979 yildan buyon yuz bermagandi. Ushbu rekord sabablaridan biri El-Nino nomi bilan mashhur bo‘lgan iqlim fenomeni ekani aytilmoqda. El-Nino – Tinch okean ekvatorial qismida  suvning yuza qatlami harorati tebranishi bilan bog‘liq hodisa.

To‘g‘ri, sayyoramiz bo‘yicha umumiy ma’lumot asosida o‘rtacha harorat past tuyulishi mumkin. Aslida, olimlar hisobicha,3 iyul kuni havo rekord darajada isigan.

Yana bir misol: o‘tayotgan hafta O‘zbekistonda ham juda issiq harorat kuzatildi. Bunga Erondan kirib kelgan tropik havo to‘lqini sabab ekan.

Umuman, iyun g‘ayrioddiy hodisalarga boy keldi. Yoz kirishi bilan harorat jahon rekordini yangiladi. Jazirama quyosh tafti Kanadadan XitoygachaYerning shimoliy yarmida yuzlab odamlar hayotiga zomin bo‘lmoqda. Mutaxassislar bu ofatlarga, shubhasiz, inson omili sabab ekanini ta’kidlamoqda.

Iliq qish va quruq bahordan keyin yoz ham og‘ir keldi. Ilmiy xulosaga ko‘ra, hozirEl-Nino to‘liq namoyon bo‘lishi arafasidamiz, ya’ni kelgusi bir-ikki yil ichida zamin harorati butunlay o‘zgaradi.

Odatda, issiqlik, yong‘in va qurg‘oqchilik shimol tomonga yozning ikkinchi yarmida, avgust oyiga yaqinroq keladi. Binobarin, bu yilglobal isish fevral-mart oylarida eng ko‘p kuzatildi.

IyunEvropa, Amerika va Osiyoda g‘ayrioddiy isidi. Dastlabki hisob-kitob mutaxassislarning 2023 yil harorat rekordi yangilanishi,yoz tarixan eng issiq kuzatilishi to‘g‘risidagi fikrlarini tasdiqlamoqda.

Afsuski, xarorat ko‘tarilishi barobarida tabiiy ofat ham tez-tez yuz bermoqda.Bunga qarshi kurashish, yangi turmush sharoitiga moslashish katta mablag‘ sarflash zaruratini tug‘dirmoqda. Xullas, issiqlik odamlarni qiyin ahvolga solyapti, energiya va migratsiya inqirozini kuchaytiryapti.

So‘nggi yillarda tabiat ham tez o‘zgarmoqda. Yevropaning 13 davlatida issiq tufayli virustashuvchi chivin ko‘paygan. YeIning Yuqumli kasalliklar oldini olish markazi o‘tkazgan tadqiqot o‘n yil avval bunday mamlakat sakkizta bo‘lganini isbotladi.

“Yevropada isish tendensiyasi: issiq to‘lqin va toshqin tez-tez, kuchli yuz berib, yoz uzoq va issiq kechadi,bu invaziv chivin uchun qulay sharoit yaratadi”, – deya ogohlantirdi olimlar.

To‘g‘ri, iqlim isishini sekinlashtirish uchun dunyoning deyarli barcha davlatlari atmosferaga ko‘tarilayotgan issiqxona gazi chiqindisini kamaytirishga kelishib olgan. 2015yil imzolangan Parij kelishuvining maqsadi ham sayyoramiz xarorati 2 daraja oshmasligt, imkon bo‘lsa, 1,5 darajagacha isimasligi uchun harakat qilishdir.Afsuski, sayyoradagi o‘rtacha yillik harorat, allaqachon, 1,2 darajadan yuqorilab ketib, iyun oyida bir yarim darajaga chiqdi. Bu avval ham sodir bo‘lgan va tebranish iqlimdan ko‘ra ko‘proq ob-havo bilan bog‘liq bo‘lgan. Biroq, meteorologlar prognozni anchayin keskinlashtirmoqda.

Gap shundaki, avvallari bir yarim daraja Yevropa uchun an’anaviy tarzda butunlay xavfsiz edi.Yevropa Ittifoqi Kopernik markazida iqlim o‘zgarishini kuzatuvchi olimlar “2023yil iyun oyida issiq boshlanishi bu qoidadan istisno tarzda kechdi”, deya xavotirbildirmoqda.

“2023yil iyun oyi birinchi kunlarida yer yuzasi yaqinidagi global o‘rtacha harorat kuzatuv rekordini sezilarli farq bilan yangiladi,bu misli ko‘rilmagan issiq may oyidan keyin yuz berdi”, deb yozdi ular.

May rekord borasida ikkinchi eng issiq oy bo‘ldi: eng yuqori nuqtadan, atigi, 0,1°C past. Bu Yevropada bahor sovuq va yomg‘irli bo‘lganiga qaramay, hatto, eng issiq o‘ntalikka kirmagan, Avstraliya va Osiyoda, Hindistondan Sibirgacha, odatdagidan ancha salqin edi. Amerika, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa kutilmagan jazirama to‘lqini kuzatildi.

Muammo faqat quruqlikda emas: ikkala qutbdagi muz qoplami erimoqda, iyun oyida dunyo okeani yuzasi yilning shu davri uchun odatdagidan 0,2 daraja isidi. Bu aprel-may rekordidan keyingi ko‘rsatkich.

Vaziyat borgan sari yomonlashaveradi, chunki kuzgacha Tinch okeanida El-Nino paydo bo‘ladi,deydi ekspertlar. Hodisa okeanni uch yil davomida sovutgan, biroq issiqlikni to‘xtata olmagan La-Ninya o‘rnini egallaydi.

2023 yil iyun shimoliy yarim sharning barcha qit’alari aholisi uchun esda qolarli keldi.

Kanada har yili global isish bilan bog‘liq tabiiy ofatga duch kelmoqda. O‘tgan yil Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasini suv, dovul bosgan, bir yil avval esa rekord darajadagi issiqlik to‘lqini yuzlab kishilar hayotiga zomin bo‘lgan edi.Bu yil ham ahvol yaxshi emas. Yoz hali boshlanmadi, Kanada esa, allaqachon, tarixdagi eng yomon yong‘in mavsumini boshdan kechirmoqda.O‘rmon yong‘ini tutuni Amerika hududiga oqib kelmoqda.AQSH shimolida aholiga uyda qolish, tutunli havodan nafas olmaslik tavsiya etilmoqda.

Janubda esa, Arizonadan Texas va Floridagacha, o‘n millionlab odamlar issiqlik gumbazi, deb ataladigan havodan siqilyapti. Bir necha hafta oldin mintaqani qamrab olgan ob-havo 4 iyulgacha davom etgan.Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, jazirama tufayli 13 kishi halok bo‘lgan.

Meksikada vaziyat bundan ham yomon – qurbonlar yuzdan oshgan. Mamlakat aprel oyidan beri uchinchi issiq to‘lqinni ko‘rdi. Rasmiylar to‘rtinchi to‘lqin ham “ana-ana”kelishidan ogohlantirmoqda.

Ispaniya janubida qurg‘oqchilik tufayli Sevilya va Kordovadagi harorat iyun oyi oxiriga kelib +44°Cga ko‘tarildi. Meteorologlar ta’kidlashicha, 2011 yilgacha bo‘lgan 35 yil ichida Ispaniyada iyun oyida atigi besh marta ekstremal issiqlik to‘lqini kuzatilgan. Keyingi 12 yil ichida esa olti yil davomida iyun oyi muntazam issiq keldi.

Buyuk Britaniya iqlimshunoslari o‘lchoviga ko‘ra, mamlakatda iyun tarixdagi eng issiq oy bo‘ldi.

Germaniyada asosiy transport arteriyasi – Reyn daryosi muddatidan oldin quriy boshladi.

Osiyoda Pokistondan tortib Malayziyagacha milliardlab odam jaziramada qiynalmoqda.
Xitoy poytaxti 10 kun davomida ikki marta o‘ta issiq to‘lqin bilan qoplangan, 40 darajali harorat ketma-ket uch kun davom etgan.

Ma’lumki, Hindiston aholisi har yili issiqdan aziyat chekadi, bu yilgi yoz mavsumi mintaqa uchun yanada murakkab keldi. Shimol va sharqda iyun oyida termometr ko‘rsatkichi +46°S ga yaqinlashdi. Rasmiylar jazirama sabab bo‘lgan o‘nlab o‘lim holatlarini o‘rganmoqda.

Bu yil Haj issiq iyunga to‘g‘ri keldi. Kunduzi +48°C bo‘lgan Saudiya Arabistoniga yuz minglab musulmonlar kelgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, jaziramadan hojilarning 2000 dan ziyodi jabrlangan, 230 nafari halok bo‘lgan.
Jahon meteorologiya tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida iqlim kataklizmasi Yevropaga 2 milliard dollar zarar keltirdi, 16 ming kishi jaziramadan qiynalib,hayotdan ko‘z yumdi.

Kanada 2030 yilga borib global isish tufayli kuchayib borayotgan unsurlardan ko‘riladigan zarar yiliga 11 milliard dollardan oshishini bashorat qilmoqda.

Global isishga qarshi kurashish uchun dunyo yangi energiyaga o‘tyapti va asta-sekin qazib olinadigan yonilg‘idan voz kechishnio‘ylayapti. Buning uchun quyosh va shamol stansiyalari qurish, elektr transportiga o‘tish, elektr tarmog‘ini yangilash uchun trillionlab dollar sarmoya jalb qilinishi kerak.Bunday ulkanxarajat global energetika va oziq-ovqat inqirozi sharoitida nomaqbul ekani ham aytilmoqda.

Agar kuzda El-Ninosodir bo‘lib, holat bir necha yil davom etsa, iqlim inqirozi yanada kuchayadi, deyishyapti olimlar.Ularning hisob-kitobicha, 1982-83 va 1997-98 yillardagi El-Nino besh yil davomida dunyo farovonligiga putur yetkazgan. Ikkinchisidan jahon iqtisodiyoti5,7 trillion dollarzararko‘rgan. Iqlim isishi bilan bog‘liq talofat 23 mingga yaqin kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Internet ma’lumotlari asosida

S.Rahimov tayyorladi. O‘zA