AQSHning YUNESKOga qaytish jarayoni yakunlandi, Qo‘shma Shtatlar tashkilotning 194 – a’zo davlati etib qabul qilindi. Bu haqida YUNESKO matbuot xizmati xabar berdi.

YUNESKO Bosh kotibi Odre Azule Qo‘shma Shtatlarning tashkilotga qo‘shilishi bilan YUNESKO yana bir bor universallik tomon qadam tashlamoqda, deb ta’kidlagan.

Matbuot xizmatining qayd etishicha, Odre Azule 9 iyul kuni Amerika tomoni bilan telefon orqali muloqot qilgan. Vashington YUNESKOning nizomini qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni imzolagani aytilgan.

2011 yilda Vashington BMT a’zosi bo‘lmagan Falastinga to‘laqonli a’zolik berish qaroridan norozilik bildirib, YUNESKOni moliyalashtirishni to‘xtatishini e’lon qiladi.

2017 yil 12 oktyabrda Prezident Donald Tramp ma’muriyati YUNESKO qarorgohiga maktub yo‘llab, mamlakatining tashkilotdan rasman chiqqani haqida ma’lum qilgan.

Qo‘shma Shtatlarning YUNESKO a’zoligi 2018 yil 31 dekabrdan to‘xtatilgan edi.

O‘zA