AQSH va XXR o‘rtasidagi harbiy muloqot hali tiklanmagan. Bu fikrni Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bildirdi.

Avvalroq Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Pekin rad etishiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari qo‘mondonligi va Xitoy xalq ozodlik armiyasi o‘rtasidagi aloqani tiklashga intilishda davom etishini aytgandi.

AQSH moliya vaziri Janet Yellenning 6-9 iyul kunlari Xitoyga uyushtirgan safari haqida gapirib, Sallivan Baydenning “bu muzokaralar juda muhim va mazmunli bo‘lgan, deb hisoblaymiz”, degan bayonotini eslatdi.

“Aloqa yo‘llarini ochiq saqlash, AQSHning niyati va ustuvor maqsadlarini aniq ifodalash, shuningdek, Xitoyning ayrim amaliyotlari yuzasidan xavotirni aniq tushunish muhim”, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari yordamchisi.

“Shiddatli raqobat muhitida AQSH va XXR raqobatini mas’uliyat bilan boshqarishimiz kerak. Blinkenning 18-19 iyun kunlari Xitoyga tashrifi ham shu bilan bog‘liq edi”, dedi Sallivan.

O‘zA