Misrning “Al-yavm as-sabi’” (youm7.com) nashri sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakuni haqida maqola e’lon qilindi. Muallif nomzodlar orasida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani, saylov xalqaro va milliy mezonlar, yangilangan Konstitutsiya normalari asosida, ko‘tarinki ruhda o‘tgani, shuningdek, muddatidan ilgari tashkil etilgan saylovda fuqarolar faol ishtirok etgani batafsil yoritilgan.
Maqolada 47 davlat, 15 xalqaro tashkilot vakillari – sakkiz yuz nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchi saylovni bevosita kuzatib borgani, jami 1 400 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari yoritib borgani ta’kidlangan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA