Orolbo‘yining eng chekka hududi – Mo‘ynoq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 18 saylov uchastkasi tuzilgan. 15 ming 128 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ulardan 146 nafari birinchi marta ovoz berayotgan bo‘lsa, 272 nafari muddatidan oldin ovoz bergan.
Tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan 376-saylov uchastkasida 825 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan hozirgacha 735 nafari, ya’ni 89 foizi ovoz berdi.
–Saylov jarayonida ishtirok etish orqali fuqarolarimiz mamlakatimiz taraqqiyoti va aholining farovon hayotini ta’minlashga o‘zlarining hissasini qo‘shmoqda, – deydi saylov uchastkasi raisi Salamat Namenov. – Ovoz beruvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Shuning bilan birga, saylovda ovoz berish jarayonlarini xalqaro tashkilotlarning hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining vakillari kuzatib bormoqda.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA