Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Shiddatli bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan Toshkent hamda Namangan viloyati vakillari joy egalladi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va medal bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA