BMT Xavsizlik kengashi islohotga muhtoj, tashkil etilganiga 80 yil to‘lgan mazkur tuzilma Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hisobiga yanada yirik idoraga aylanishi kerak, dedi Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Italiyada chop etiladigan “Corriere della Sera” gazetasiga bergan intervyusida.
Braziliya “ko‘p qutbli dunyo bir qutblidan yaxshi”, deb hisoblaydi. Prezidentning fikricha, bu jarayon “turli tarmoqlar yaratish”, mamlakatlar o‘rtasida kelishuvga erishish, qarama-qarshi tendensiya va zo‘riqishni mu’tadillashtirish, muvozanatni ta’minlash imkonini beradi.
Lula da Silva Italiyaga kelishi oldidan bergan bayonotda shunday so‘zlar bor:
– Masalan, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish kerak. Bu tuzilma 1945 yildan buyon dunyoda kuchlar muvozanatini ushlab keladi. Oradan qariyb 80 yil o‘tdi, ko‘p narsa o‘zgardi va bizga haqiqatan ham tinchlikni, xavfsizlikni ta’minlaydigan, Lotin Amerikasi va Afrika ovozi ham bo‘lgan yanada yirik, ta’sirli Kengash zarur.