Prezidentning “Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida dvigatel hajmi 1200 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona stavkalari keskin kamaytirilgani, 1000 sm kubgacha bo‘lganlariga esa 0 foizga tushirilgani narxlarga qanday ta’sir qiladi? Keling, buni aniq misollar bilan ko‘rib chiqamiz.

1 000 sm kub hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi bozor narxi 10 ming AQSH dollari bo‘lgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy to‘lovlar mavjud:

1. Bojxona boji

Avval: 1 900 AQSH dollari (15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm).
Hozir: 0 AQSH dollari (0 foizga tushirildi).
Farq: 1 900 AQSH dollar

2. QQS (12%)

Avval: 1 428 dollar (bojxona boji qo‘shilgach hisoblangan)
Hozir: 1 200 dollar
Farq: 228 dollar

3.Utilizatsiya yig‘imi (bazaviy stavkaning 30 baravari)

Taxminan 846 dollar (9 mln 900 ming so‘m)

4. Bojxona yig‘imi (0,2%)

Taxminan 20 dollar

YAKUNIY NARX:

Avval: 14 ming 194 dollar
Hozir: 12 ming 066 dollar
Farq: 2 ming 128 dollar

Demak, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha, narxi 10 ming AQSH dollari bo‘lgan avtomobil uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar taxminan 2 ming 128 AQSH dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).

O‘zA