Qirg‘izistonda ayollar kurashi bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ikki nafar polvonimiz sovrindor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Oqnazarova 72 kilogrammgacha vaznda finalga qadar yetib bordi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, yana bir umidli polvonimiz Shohida Ahmedova qit’a birinchiligining bronza medali bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
J.Toshxo‘jayev, O‘zA