Dunyodagi ko‘pchilik xakerlar xitoy tilida so‘zlashadi, bu borada ikkinchi o‘rin rus, uchinchi o‘rin ispan va portugal tillariga tegishli, dedi “Laboratorii Kasperskogo” rahbari Yevgeniy Kasperskiy “RIA Novosti”ga.

– Malakali va malakasiz kiber jinoyatchilarning ko‘pchilligi xitoy tilida so‘zlashadi. Ikkinchi o‘rinda rus tili, keyin qaysi til ekanini aytishim qiyin, ehtimol ispan-portugal tilidir, – dedi u Peturburg xalqaro iqtisodiy forumida.

Darvoqe, Kasperskiy ta’kidlashicha, “uchinchi o‘rin” deganda gap Ispaniya emas, balki Lotin Amerikasi haqida bormoqda.

Ma’lumki, qamoqqa olish, tergov bilan bog‘liq ishlar Ispaniyada emas, balki Lotin Amerikasida ko‘proq kuzatiladi.

Mutaxassis fikricha, keyingi o‘rinlar turk va ingliz tillariga tegishli.