Kunning ikkinchi yarmida Urganch shahridagi Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston – Turkmaniston san’at ustalarining konserti namoyish etildi.
Unda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.
Bu o‘zbek va turkman xalqlarining bir-biriga yaqinligini yaqqol namoyon etdi, mamlakatlarimizning zamonaviy va mumtoz san’ati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.
Shu bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidentini O‘zbekiston Prezidenti kuzatib qo‘ydi.
Ziyodulla Jonibekov, O‘zA