Kecha Mayamida sobiq Prezident Donald Tramp va uning yordamchisi Uolt Noutga qarshi sud bo‘lib o‘tdi. Majlis davomida ularga maxfiy hujjatlarni saqlashda yo‘l qo‘ygan xatolari va odil sud faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgani uchun 38 bo‘lim bo‘yicha ayblov ilgari surilgani aytilmoqda.
Sobiq rahbar esa aybini tan olmagan. Sud siyosatchi va uning yordamchisini hech qanday shartsiz qo‘yib yubordi.
Donald Tramp holatga izoh berar ekan, maqsad odamlar e’tiborini amaldagi Prezident Jo Bayden oilasining Ukrainadagi “Burisma” energetika kompaniyasidan ko‘p millionlik pora olinganiga aloqadorligi bo‘yicha ilgari surilgan ayblovdan chalg‘itishga urinish ekanini ta’kidladi.
Tramp bir necha bor Baydenni yolg‘onchilikda va korrupsiyaga aloqadorlikda ayblagan. U hozirgi yetakchini “lavozimiga noloyiq, korrupsiyalashgan siyosatchi”, deb keladi.